Toshkent Farmatsevtika Instituti

ELEKTRON KUTUBXONASI

Toshkent Farmasevtika institutiga qiziqish ortib bormoqda

Toshkent Farmasevtika institutiga qiziqish ortib bormoqda.

 

 

Yoshlikda olingan bilim,

Toshga o’yilgan naqshdir.

 

 

 

 

 

       Farzandning baxt-soadati, fazlu kamolini ko’rish har bir ota - onaning eng yuksak orzusi. Har bir ota - ona farzandini bilim olishi, katta marralarga erishishini, tanlagan kasbini ustasi bo’lishini istaydi. Hozirgi yoshlar o’z oldilariga aniq maqsadlar qo’yib, o’z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, kasb tanlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Yurtboshimiz takidlaganidek avvalo yoshlarimizni yuksak ma’naviyat sohibi bo’lishi uchun hamma sharoitlarga ega bilim yurtlarida tahsil olishlariga imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu sababli ayni kunlarda ko’plab yoshlarning Farmasevtika institutiga qiziqishi ortayotgani diqqatga sazovordir.

       Zangiota tibbiyot kolleji o’quvchilari o’z bilimlarini va  dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida Toshkent farmasevtika instituti Axborot – resurs markaziga kutubxona hayoti bilan tanishish maqsadida tashrif  buyurishdi. O’quvchilarni Axborot – resurs markazi hodimlari iliq kutib olishib,  Axborot – resurs markazi faoliyati haqida umumiy tanishtirib o’tishdi. Kutubxonadagi mavjud badiiy adabiyotlar, oltin fondda saqlanayotgan farmatsiyaga oid ilmiy adabiyotlari bilan ham tanishishdi. Yil boshida ARMga keltirilgan yangi nashrdan chiqqan o’zbek va chet el badiiy adabiyotlari katta qiziqish uyg’otdi.

Axborot - resurs markazi 

Xizmat ko'rsatish bo'limi mudiri

Bahodirova D.B.

“Китобхонлик маданиятини ошириш юксалтириш – замонавий етук кадрлар тайёрлашнинг муҳим омили”

      Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Китоб маҳсулотларини чоп этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғибот қилиш бўйича комиссия тузиш тўғрисида”ги фармойишига асосан институт Ахборот-ресурс маркази ходимлари томонидан жорий йилнинг биринчи чораги давомида бир қатор амалий ишлар олиб борилди.

     Маълумки, адабиётларга бўлган талаб кундан кунга ортиб бораётган бир пайтда Тошкент фармацевтика институтида талабаларнинг дарс жараёнида олаётган билимларини янада мустаҳкамлаш, шунингдек, талабаларнинг маьнавиятини ва дунёқарашларини кенгайтириш мақсадида институт Ахборот – ресурс маркази талабаларга хизмат кўрсатиш бўлими ходимлари томонидан институт фойдаланувчилари ўрасида 2017 йил 14,15, 16-март кунлари “Китобхонлик маданиятини ошириш юксалтириш - замонавий етук кадрлар тайёрлашнинг муҳим омили”деб номланган  сўровнома ўтказилди. Ушбу сўровнома Ахборот - ресурс маркази ходимларининг фаолияти, мутолаа маданияти ва ўз ишларига бўлган маъсулятларини аниқлаш билан бирга кутубхонага кираётган талабаларнинг Ахборот - ресурс марказида йўлга қўйилган хизматлар хамда дарсликлар ва бадиий адабиётлардан қанчалик самарали ва ўз ўрнида фойдаланаётганликларини кўрсатиб беради. Сўровномада 100  нафар талабалар иштирок этишди, улардан турли хил талаб ва таклифлар олинди. Сўровномани таҳлил қилинганда талабаларнинг талаб ва таклифлари ўрганилиб,  ижобий хулосага келинди.

     

Сўровнома натижасига кўра фойдаланувчилар томонидан бир қатор таклифлар берилди:

       1. Аксарият фойдаланувчилар ўқув залининг кичкиналиги, интернет тезлигининг  пастлиги, бадиий адабиётларнинг камлигини кўсатиб беришган.

       2. Ўқув адабиётларидан Анорганик кимё, Дори воситаларини ишлаб чиқариш ва ижтимоий фанларнинг етишмаслигини ҳам кўрсатиб ўтишган.

       Хулоса шундан иборатки камчиликлар инобатга олиниб, бартараф этилиши кўзда тутилади.

    Сўровнома ҳақида  Маънавият ва маърифат ишлари бўйича проректори   О.И.Худойбердиев,  илмий ишлари бўйича проректор Р.Т.Туляганов,  ўқув ишлари бўйича проректор С.У.Алиевларга маълум қилинди.

                                 

 

 Ахборот - ресурс маркази

Хизмат кўрсатиш бўлими мудири

Баҳодирова Д.Б.

 

“Huquqshunoslik” fanidan yangi adabiyot

 

 

 

“Huquqshunoslik”

fanidan yangi adabiyot


 

 

         Bugungi kunda kutubxonalarga kitobga bo’lgan e'tibor kundan kunga ortib bormoqda. Kutubxonalarda fondni boyitish, foydalanuvchilarni adabiyot bilan ta’minlanganligi haqida kutubxona hodimlari astoydil javlon urib hizmat qilishmoqda. Shu jumladan Toshkent farmasevtika instituti Axborot – resurs markazi hodimlari ham talabalarni adabiyotlar bilan 100 % ta’minlashga harakat qilishmoqda, zarur bo’lgan adabiyotlarni olib kelib fondni boyitishmoqda.

      Huquqshunoslik fanidan muallif X.T.Mamatovning “Huquqshunoslik” kitobini foydalanuvchilarga yangillik yaratish maqsadida kutubxonaga olib kelindi. Ushbu o’quv qo’llanmada davlat va huquq nazariyasi asoslari, ma’muriy huquq asoslari, moliya huquqi asoslari, tadbirkorlik huquqi asoslari, mehnat huquqi asoslari, oila huquqi asoslari, ekalogiya huquqi asoslari, qishloq ho’jalik huquqi asoslari, jinoyat huquqi asoslari, xalqaro huquq asoslariga atroflicha to’xtalib o’tilgan.

         Qo’llanma ta’lim yo’nalishi yurisprudentsiya bo’lmagan oliy o’quv yurtlarining bakalavr yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.

 

Axborot - resurs markazi
Xizmat ko'rsatish bo'limi mudiri
Bahodirova D.B.
 

Ilm istagan qalblar

Ilm istagan qalblar

 

 

Ilmni o‘rgаnib, so‘ng uni bоshqаlаrgа o‘rgаtmаslik go‘yoki mоlu dunyoni yig‘ib, undаn sаrf qilmаy ko‘mib qo‘yish bilаn bаrоbаrdir.

 

 

       Hayot davom etar ekan, inson ham tasavvur va tafakkurning hali zabt etilmagan to'siqlari tomon intilaveradi. Qadriyatlar shaklan yevrilib, ongu shuvur yangilanaveradi. Biroq har qanday zamon va makonda ham inson ilmga bilim olishga intilib yashaydi. O’qib o’rganishga intiladi. Bilim olishga katta marralar egallash sari ildam qadam qo’yishda davom etadi. Hozir mana shunday bilim olishga intilib yashayotgan yoshlar tobora ortib bormoqda. Yoshlarning Toshkent farmasevtika institutida ilm olishga qiziqishi kundan kunga ortib borayotgani quvonarli holat. Bir guruh Toshkent Olmazor tibbiyot kolleji 3-bosqich o’quvchilari Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurishdi, Axborot – resurs markazi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lishdi, moddiy texnik bazasi, resurslari, fondi haqida qisqacha gapirib o’tildi. Kirish imtixon savollari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi, kollej o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. 

   

Axborot - resurs markazi
Xizmat ko'rsatish bo'limi mudiri
Bahodirova B.D.

Bizning manzil: 100015, Toshkent, 45, 
    Oybek ko‘chasi, "Oybek" metro bekati,
    Toshfarmi AT markazi.
    Tel.: +99(871)256-18-74
          +99(871)252-67-60
    Faks: +99(871)256-45-04
    E-mail: tfiatm@pharmi.uz